
PIXIETECH KOMMUTATORLARIDA VOICE VLAN SOZLASH
Klassik korporativ tarmoqlardagi ovozli trafik havida gapiradigan bo'lsak, xususan ovozli trafikni oddiy ma'lumot (data) trafikidan ajratish masalasini ko'rib chiqamiz. Ovozli VLAN yordamida Pixietech kommutatorlari bu vazifani bajarishi mumkin.
Odatda telefonlar ish stoli ustida kompyuter yonida joylashadi, kompyuter singari o'sha uchqatorli kabel (UTP) bilan ulanadi va Ethernet protokolidan foydalanadi. Telefonni kommutatorga ulashning ikki usuli bor – uskunalarni kommutatorga «parallel» ulash, ikkita kabel ishlatib, yoki telefon va kompyuterni «ketma-ket» ulash.
1-usul: «Parallel» ulash
Avval VLANlarni yaratish kerak. Barcha kompyuterlar va oddiy trafik VLAN 10 da, ovozli trafik esa VLAN 11 da bo'ladi.
VLANlarni yaratish
PXT-SW(config)#vlan 10
PXT-SW(config-vlan)#name DATA
PXT-SW(config-vlan)#exit
PXT-SW(config)#vlan 11
PXT-SW(config-vlan)#name VOICE
PXT-SW(config-vlan)#exit
Interfeyslar sozlamasi
IP-telefon uchun port:PXT-SW(config)#interface GigaEthernet0/1
PXT-SW(config-if)#description Phone-port
PXT-SW(config-if)#switchport mode access
PXT-SW(config-if)#switchport pvid 11
PXT-SW(config-if)#exit
Kompyuter uchun port:PXT-SW(config)#interface GigaEthernet0/2
PXT-SW(config-if)#description PC-port
PXT-SW(config-if)#switchport mode access
PXT-SW(config-if)#switchport pvid 10
PXT-SW(config-if)#exit
Afzalliklari
- Sozlash osonligi;
- IP-telefonda gigabit portlarning mavjudligi shart emas, chunki kompyuter va telefon bir-biridan mustaqil ravishda ulanadi;
- Agar IP-telefon qayta ishga tushsa yoki ishdan chiqsa, kompyuter tarmoq ulanishini yo'qotmaydi.
Kamchiliklari
- Kompyuter va telefondan parallel foydalanish kommutatorda ikkita tarmoq rozetkasi / portning mavjudligini talab qiladi;
- Ergonomika va estetika bilan bog'liq muammolar. Qo'shimcha uzunroq UTP kabel kerak bo'ladi.
2-variant: "Ketma-ket" yoki "kaskad" ulanish
Bunday ulanish varianti uchun IP-telefonda 2 ta Ethernet port mavjud:
- Telefonni kommutatorga ulash uchun WAN-port;
- Kompyuterga ulash uchun LAN-port.
Oldingi variantdagidek, VLANlarni yaratish kerak (VLAN 10 – kompyuter uchun, VLAN 11 – IP-telefon uchun). VLANlarni yaratish 1-variant bilan bir xil.
Bu hammasi qanday ishlaydi? Kommutator va telefon orasida bizda "trunk" deb ataladigan ulanish bor. Telefondagi kompyuterga ulanadigan LAN-port kirish porti hisoblanadi. Telefon kompyuterdagi barcha trafigini uzatadi
