Cisco Systems, Inc. — AQSHning Kaliforniya shtati, San-Xose shahrida, Kremniy vodiysi markazida joylashgan transmilliy texnologik konglomerat. Cisco tarmoq uskunalari, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya uskunalari hamda boshqa yuqori texnologiyali xizmat va mahsulotlarni ishlab chiqadi, ishlab chiqaradi va sotadi. OpenDNS, Webex, Jabber va Jasper kabi ko'plab sotib olingan shoʻba kompaniyalari orqali Cisco Internet of Things (IoT), domen xavfsizligi va energiya sarfini boshqarish kabi muayyan texnologik bozorlarga ixtisoslashgan. Cisco Kaliforniyada ro'yxatdan o'tgan.
Cisco Systems kompaniyasi 1984-yil dekabrda Stenford universitetining ikki kompyuter olimi Leonard Bosak va Sendi Lerner tomonidan tashkil etilgan; ular Stenforddagi kompyuterlarni ulashda muhim rol o'ynagan. Ular geografik jihatdan tarqoq kompyuterlarni ko'p protokolli marshrutizator tizimi orqali ulash uchun mahalliy tarmoq (LAN) dan foydalanish konsepsiyasini birinchi bo'lib ishlab chiqdilar.