0

Tarmoq va telekommunikatsiya uskunalari sohasidagi birinchi konferensiya.

Tarmoq va telekommunikatsiya uskunalari sohasidagi birinchi konferensiya.
Untitled design (10).png

Hech qachon kech emas, aynan shu sababli biz Sizga kompaniyamiz uchun muhim bo'lgan voqea haqida so'zlab bermoqchimiz.
O'tgan yilning dekabrida Lider Team kompaniyasi tashabbusi va kuchi bilan tashkil etilgan tarmoq va telekommunikatsiya uskunalari sohasidagi birinchi konferensiya muvaffaqiyatli o'tdi. Rossiya va O'zbekistonning yetakchi mutaxassislari eng yangi ishlanmalarni taqdim etdilar, tajriba almashdilar, hamkorlik, ishbilarmonlik va do'stona munosabatlar o'rnatdilar.
Quyidagi mavzular keng yoritildi:

Kommutatsiya

Uzluksiz quvvat manbalari

Wi-Fi uskunalari

Trafikni nazorat qilish va tahlil qilish tizimlari

Konferensiya davomida mutaxassislar e'tiboriga ko'plab taqdimotlar havola etildi. Ulardan ba'zilariga batafsilroq to'xtalamiz.

nag.png

NAG kompaniyasining «Boshqariladigan SNR kommutatorlari» haqidagi taqdimoti juda mazmunli va foydali bo'ldi. Unda, xususan, ishlab chiqarishning katta tajribasi, texnologik murakkabligi va mutaxassislar orasida talabgirligi haqida so'z bordi:

Kommutatorlar ishlab chiqarish 2010-yildan beri.
2,5 mln.dan ortiq o'rnatilgan portlar
Rossiya va MDHda bir necha ming mijozlar

SNR UzQM

SNR Uzluksiz quvvat manbai tanlovining xilma-xilligi ham hayratlanarli bo'ldi.

Untitled design (12).png


SNR UzQM — asosiy tarmoqdagi xalaqit yoki nosozliklar vaqtida iste'molchini barqaror elektr energiya bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan ikkilamchi elektr ta'minoti manbaidir.

Wi-Fi SNR-CPE

dsc_0056.jpg


Ma'ruzachilar SNR-CPE seriyasidagi Wi-Fi yechimlarining afzalliklari haqida so'zladilar: barqaror, muntazam xizmat ko'rsatishni talab qilmaydigan yechim; mos narx-sifat nisbati; standartlarga rioya qilish va boshqa uskunalar bilan moslik.

Konferensiya bir kun davom etgan bo'lsa-da, shu qisqa vaqt ichida tashkilotchilar va spikerlar tomonidan katta ish qilindi.

Biz bilan bu kunni foyda va qiziqish bilan o'tkazgan barcha mehmonlarga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Lider Team kompaniyasi qo'yilgan boshlanma yaxshi an'anaga aylanishiga va har yili tarmoq uskunalari sohasini rivojlantirish uchun tobora ko'proq qiziquvchilarni jalb qilishiga ishonadi.

Yangi texnologiyalar Sizga kelmoqda!