0

Cloud Router Switch Mikrotik CRS326-24G-2S+RM kommutatori

Mikrotik
Cloud Router Switch Mikrotik CRS326-24G-2S+RM kommutatori

Artikul:CRS326-24G-2S+RM

CRS326-24G-2S+RM, 24×10/100/1000 Ethernet, 2×SFP+, RouterOS L5/SwOS
Narx so'rov bo'yichaMavjud

SwOS/RouterOS operatsion tizimlari bilan “Dual boot” funksiyasiga ega kommutator. Qurilma 24 ta Gigabit Ethernet portlari va 2 ta SFP portiga, shuningdek qo‘shimcha protsessor blokiga ega.

Kommutator “Dual boot” funksiyasi orqali qaysi operatsion tizimni ishlatishni tanlash imkonini beradi: RouterOS yoki SwOS. Agar siz soddalashtirilgan va faqat kommutatsiya imkoniyatlariga ega operatsion tizimni xohlasangiz — SwOS’ni tanlang. Agar siz Winbox’ga o‘rgangan bo‘lsangiz va CRS’ingizning ayrim portlarida marshrutizatsiya va boshqa 3-darajali funksiyalarni ishlatmoqchi bo‘lsangiz — RouterOS’ni yuklab ishga tushiring.

Yuklagich RouterBOOT orqali kerakli operatsion tizimni tanlash mumkin. Bu sizga boshqariladigan kommutatorning barcha asosiy funksiyalarini, hattoki undan ham ko‘prog‘ini beradi: kommutatsiyani boshqarish, MAC-filtr qo‘llash, VLAN sozlash, trafikni ko‘zgulash (mirroring), o‘tkazuvchanlikni cheklash hamda MAC va IP paket maydonlari bilan ishlash imkoniyati.

SFP interfeyslari oddiy SFP modullarini ham, 10G SFP modullarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
     

Asosiy xususiyatlari:

 
  • Layer 2 darajasida bloklanmaydigan kommutatsiya matritsasi
  • 16 ming xostgacha jadval
  • IEEE 802.1Q VLAN
  • Bir vaqtda 4 mingtagacha VLAN qo‘llab-quvvatlash
  • Portlarni izolyatsiya qilish
  • Portlar xavfsizligi
  • Broadcast shtrumini nazorat qilish
  • Kirish/chiqish trafikini portlar bo‘yicha ko‘zgulash (mirroring)
  • Kirishni nazorat qilish ro‘yxati (ACL)

 

Yetkazib berish to‘plami:

- Quvvat bloki, kreplajlar (o‘rnatish uchun moslamalar)
  • RTSP (Rapid Spanning Tree Protocol);
  • MikroTik neighbor discovery;
  • SNMP v1;
  • Grafik interfeysga veb-kirish.