0

MES5312 ELTEX kommutatori

Eltex
MES5312 ELTEX kommutatori

Artikul:MES5312

Narx so'rov bo'yichaMavjud
  • Unumdorligi 240 Gbit/s gacha
  • Nobloklanadigan kommutatsiya matritsasi
  • 12 ta 10G port
  • L3 darajadagi kommutator
  • Front-to-Back shamollatish tizimi
  • 8 tagacha qurilmani stacking qilish imkoniyati
  • Quvvat manbalarini zaxiralash
Yuqori unumdorlikka ega MES5312 qurilmasi operator tarmoqlarida agregatsiya qurilmasi sifatida, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida (Data Center) Top-of-Rack yoki End-of-Row kommutatori sifatida qo‘llaniladi.

Portlarning 1 Gbit/s (SFP) va 10 Gbit/s (SFP+) tezliklarda ishlashini qo‘llab-quvvatlashi qurilmadan foydalanishda moslashuvchanlikni ta’minlaydi hamda yuqori uzatish tezliklariga bosqichma-bosqich o‘tish imkonini beradi.

Nobloklanadigan kommutatsiya matritsasi maksimal yuklamalarda ham paketlarni to‘g‘ri qayta ishlashni ta’minlaydi, barcha turdagi trafikda minimal va barqaror kechikishlarni saqlaydi.

Ikki tomonlama ventilyatorlar va doimiy yoki o‘zgaruvchan tok manbalari, shuningdek, apparat qismini keng monitoring tizimi bilan birgalikda yuqori ishonchlilik darajasini ta’minlaydi. Qurilma quvvat modullari va ventilyator modullarini issiq almashtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, operator tarmog‘ining uzluksiz ishlashini kafolatlaydi.