0

MikroTik cAP lite kirish nuqtasi

Mikrotik
MikroTik cAP lite kirish nuqtasi

Artikul:RBcAPL-2nD

MikroTik cAP lite kirish nuqtasi ichki yo‘nalishsiz (omni) 1.5 dBi antennaga ega, chastota diapazoni 2,4 GGs; MIMO 2×2, 802.11b/a/n qo‘llab-quvvatlaydi, 100 Mbit/s Ethernet porti mavjud.
Narx so'rov bo'yichaMavjud

cAP lite — MikroTik kompaniyasining 2,4 GGs diapazonda ishlovchi ixcham kirish nuqtasi bo‘lib, ikki xil korpus varianti mavjud: devorga va shiftga o‘rnatiladigan. Ushbu kirish nuqtasi aeroportlar, shifoxonalar, maktablar, mehmonxonalar, do‘konlar, savdo markazlari va boshqa jamoat joylarida foydalanish uchun mo‘ljallangan. cAP lite ichki yo‘nalishsiz (omni) antennaga ega.

cAP lite 802.11b/a/n standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi, qurilma Ethernet kabel orqali PoE texnologiyasi yordamida quvvatlanishi mumkin. MikroTik’ning CAPsMAN boshqaruv va nazorat tizimi orqali cAP lite’dan foydalanish yanada qulay va oson bo‘ladi. Shu bilan birga, qurilmani RouterOS (4-daraja) funksiyalaridan foydalangan holda mustaqil tarzda ham ishlatish mumkin.