Mediakonverterlar PXT-CVT-1000A-M va PXT-CVT-1000A-M “vitaya para – bitta tolali bir modali optik kabel” interfeyslarini Ethernet 10/100/1000Base-T va 100/1000Base-FX tarmoqlari uchun o‘zgartiradi. Qurilmalar bitta optik tolada 1310 nm va 1550 nm to‘lqin uzunliklarida bir vaqtning o‘zida signalni uzatish va qabul qilish imkonini beradi hamda 120 km gacha masofada ishlaydi.
Mediakonverterlarda 1 ta RJ-45 port (vitaya para uchun) va 1 ta optik port (SC konnektor) mavjud. Vitaya para portida tezlikni avtomatik aniqlash, ish rejimlari (full-duplex yoki half-duplex), hamda MDI/MDI-X polarligini avtomatik aniqlash qo‘llab-quvvatlanadi, bu esa mavjud tarmoqqa o‘rnatishni sezilarli darajada soddalashtiradi.
Xususiyatlari:
– Kam quvvat sarfi;
– Kompakt o‘lcham;
– Sozlashni talab qilmaydi, darhol ishga tushadi;
– Broadcast storm (keng tarqaluvchi trafik to‘lqini)dan himoya qo‘llab-quvvatlanadi;
– Flow control to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi;
– Tezlikni avtomatik moslash, half/full-duplex rejimlari.