SwOS/RouterOS operatsion tizimlari bilan “Dual boot” funksiyasiga ega kommutator. Qurilma 24 ta Gigabit Ethernet portlari va 2 ta SFP portiga, shuningdek qo‘shimcha protsessor blokiga ega.
Kommutator “Dual boot” funksiyasi orqali qaysi operatsion tizimni ishlatishni tanlash imkonini beradi: RouterOS yoki SwOS. Agar siz soddalashtirilgan va faqat kommutatsiya imkoniyatlariga ega operatsion tizimni xohlasangiz — SwOS’ni tanlang. Agar siz Winbox’ga o‘rgangan bo‘lsangiz va CRS’ingizning ayrim portlarida marshrutizatsiya va boshqa 3-darajali funksiyalarni ishlatmoqchi bo‘lsangiz — RouterOS’ni yuklab ishga tushiring.
Yuklagich RouterBOOT orqali kerakli operatsion tizimni tanlash mumkin. Bu sizga boshqariladigan kommutatorning barcha asosiy funksiyalarini, hattoki undan ham ko‘prog‘ini beradi: kommutatsiyani boshqarish, MAC-filtr qo‘llash, VLAN sozlash, trafikni ko‘zgulash (mirroring), o‘tkazuvchanlikni cheklash hamda MAC va IP paket maydonlari bilan ishlash imkoniyati.
SFP interfeyslari oddiy SFP modullarini ham, 10G SFP modullarini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Asosiy xususiyatlari:
- Layer 2 darajasida bloklanmaydigan kommutatsiya matritsasi
-
16 ming xostgacha jadval
-
IEEE 802.1Q VLAN
-
Bir vaqtda 4 mingtagacha VLAN qo‘llab-quvvatlash
-
Portlarni izolyatsiya qilish
-
Portlar xavfsizligi
-
Broadcast shtrumini nazorat qilish
-
Kirish/chiqish trafikini portlar bo‘yicha ko‘zgulash (mirroring)
-
Kirishni nazorat qilish ro‘yxati (ACL)
Yetkazib berish to‘plami:
- Quvvat bloki, kreplajlar (o‘rnatish uchun moslamalar)
- RTSP (Rapid Spanning Tree Protocol);
- MikroTik neighbor discovery;
- SNMP v1;
- Grafik interfeysga veb-kirish.